about persons photo

O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.

November 12, 2020
+911 ko'p
1

V-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish

22-modda. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati

——————————————————————

         Fermer xo‘jaligi o‘z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqli.

Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.

Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.

 

Manba: Lex.uz

 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
🔰Siz agrosanoat sohasida katta daromad egasi bo'lishni istaysizmi?

V-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish

22-modda. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqar...

Agro  -   07.15.2023
+ 198 ko'p
1
image news
"Biznes reja tuzish va bank suhbat" mavzularida seminar bo'lib o'tdi

V-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish

22-modda. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqar...

Agro  -   04.11.2023
+ 298 ko'p
1
image news
Yer ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

V-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish

22-modda. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqar...

Agro  -   04.10.2023
+ 310 ko'p
3